Manbaga ko'ra, ukrainalik posbon o'zining "Real"dagi hozirgi holatidan qoniqmayapti va boshqa klubga o'tib, o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagida. Unga bir nechta Evropa jamoalari qiziqishmoqda.
22 yoshli Lunin joriy mavsumda "Real" safida umuman maydonga tushmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.