35 yoshli ispaniyalik futbolchining tizzasida muammo bor.
"Aytishlaricha, uning tizzasi oldin aytilganidan yomonroq holatda. "Real" aynan shu sabab u bilan shartnomani uzaytirmagan", - deydi Ermel.
Oldinroq PSJ tibbiy shtabi Ramosning hali o'ynashi mumkin emasligini malum qilgandi. SHu sabab o'yinchi va shifokorlar o'rtasida muammo kelib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Ramos PSJga 2021 yilning iyulida erkin agent maqomida o'tdi. Serxio jarohat sababi hali Parij klubida debyut qilmadi.