AS nashri transfer oynasining so'nggi kunlarida markaziy himoyachi bilan bog'liq so'rovnoma o'tkazdi.
Unga ko'ra so'rovnomada 17.015 ta muxlisdan 9.086 ta muxlis "Real Madrid"ga yana bitta markaziy himoyachi kerak deb hisoblaydi (53,4 %). Bunga o'tgan mavsumda ham markaziy himoyachilarning jarohat olishi va diskvalifikasiyalari sabab qilib ko'rsatilgan. Xususan, so'nggi "Valensiya" bilan o'yinda (2:2) ham Ramosda diskvalifikatsiya, Rafael Varan va Xesus Valexoda jarohat borligi sababli jamoada bitta markaziy himoyachi qolgan edi.