"Real Madrid" jamoasi "Balaidos" stadionida La Liganing 21-turidan qoldirilgan "Selta"ga qarshi o'yin o'tkazishi oldidan oxirgi mashg'ulotini yakunladi.
Karvahal va Beyl hamon tiklanish jarayonlarini o'tayotgan bir vaqtda, jamoa mashg'ulotda asosiy urg'uni to'pga qaratdi. Xames yopiq inshootda shug'ullandi.
Bir necha jismoniy mashqlar qilishdan oldin to'p bilan turli xil chigal-yozdi mashqlar bilan boshlangan mashg'ulotga bosh murabbiy Zinedin Zidan "Kastilya"dan Enzo Zidanni jalb qildi. Keyin futbolchilar to'pga egalik qilish, pressing va kross (to'pni uzoq masofaga havodan yetkazib berish) ustida ishlashdi, mashg'ulot yakunlanishidan oldin esa kichik hajmdagi maydonda futbol o'ynashdi.