"O'tgan mavsum Angliya Kubogidagi jonli efirda zaxirada o'tirgan Garet Beylni ko'rib, o'shanda uning faoliyatini hisobga olsak, bunday qilish noto'g'ri deb aytgandim.
U futbolni yaxshi ko'radi, shunchaki o'z ishini qilib, jim yurishni istaydi. Agarda u angliyalik bo'lganida muxlislar uni ko'proq yaxshi ko'rgan bo'lardi.
"Real" uchun jonini berishga tayyor bo'lgan, jamoada ajoyib faoliyat o'tkazgan Beylni nima sababdan klubda hurmat qilmasliklarini hech tushunmayman", - dedi SHirer.