O'yinchining transferiga Londonning "CHelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" xo'jayini Roman Abramovich Edenni "Stemford Brij"ga qaytarishga tayyor.
Transferga narx halaqit berishi mumkin. Azarning Madriddagi omadsiz faoliyati sabab uning narxi hozirda 40 mln evrogacha tushib ketgan. Bu ikki yil oldin 100 mln evro atrofida to'lagan "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresni qanoatlantirmaydi.
Edenning Madrid grandi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.