Futbolchining so'zlariga ko'ra, "Real Madrid" yagona tanlov bo'lgan.
"Albatta, men "Real"ga o'tish haqida o'ylagandim. SHunday kunlar bo'lgandiki, men bir oyog'im bilan "Roma"da, boshqa oyog'im bilan esa "Real"da edim. Ammo, oxirgi tanlovni men "Roma"ga qo'yib bergandim.
"Qirollik klubi"ga berilgan rad javobi o'ylab, ortga qaraganimda qandaydir shubhalar paydo bo'laveradi. "Real Madrid" men "Roma"ni tark etib, futbol o'ynashim mumkin bo'lgan yagona klub edi. Boshqa mamlakatda o'ynash tajribasi oilam va albatta men uchun ajoyib bo'lgan bo'lardi", -deydi Franchesko Totti.