"Oltin to'p"ni qo'lga kiritish – ko'pchilik futbolchilar singari bolalikdagi orzum. Albatta, futbol – jamoaviy o'yin, biroq siz jamoangiz g'alaba qozonishida yordam bersangiz, jamoada muhim rolingiz bo'lsa, g'alaba gollarini ursangiz, ushbu mukofotga ega chiqishga harakat qilishingiz mumkin. Men bor kuchim bilan "Oltin to'p"ni yutishga intilaman. Umid qilamanki, qachondir orzum ushaladi", – dedi Benzema.
Aytish joiz, 33 yoshli franciyalik hozirgacha hatto kuchli uchlikdan o'rin olmagan.
Benzema ushbu mavsumda "Real Madrid" safida 10 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi.