Braziliyalik futbolchi aql tishining yallig'lanishi tufayli Madridda qoldi. SHifokorlar Kazemiroga besh kun dam olishni maslahat berishdi.
Mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Kazemironing o'rniga "Aston Villa"dan Duglas Luisni jamoaga chaqirdi.
Oktyabr oyida Braziliya terma jamoasi Venesuela, Kolumbiya va Urugvay bilan o'ynaydi. Jahon chempionati saralashida "selesao" hali ochko yo'qotmagan — sakkiz uchrashuvda sakkiz bor g'alaba qozongan.