PSJ sport direktori Leonardo Kilian Mbappening "Real Madrid" klubiga o'tishi borasidagi gap-so'zlarga yana to'xtaldi. Avvalroq, "Real" prezidenti Florentino Peres Mbappe transferi 1 yanvargacha hal bo'lishi kerakligi haqida gapirgan, keyin esa aslida boshqa narsani nazarda tutgani borasida tushuntirish bergandi.
"Buni to'xtatish lozim. Ularning harakatlari klub va Kilian uchun hurmatsizlik hisoblanadi. Bundan hurmatsizlikka esa chidab bo'lmaydi.
Mbappe - PSJ futbolchisi. Klub u bilan aloqalar davom etishini tushunib turibdi", -deydi Leonardo.
Avvalroq, Mbappe rostdan ham "Real"ga ketish niyatida bo'lganini, ammo hozir kelajagi borasida bir qarorga kelmagani haqida intervyu bergandi.