O'tgan hafta davomida "Real" ECHLda "SHerif" va LaLigada "Espanol"ga bir xil 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Omadsiz haftani birorta yaxshi natijasiz yakunlash og'ir. Ha, bizga ham qiyin bo'lmoqda. Ammo jamoaga ishonaman. Biz o'sishga erisha olamiz!", - deb yozadi posbon.
Ayni damda "Real" ECHLda 2 o'yindan keyin 3 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turgan bo'lsa, LaLigada 17 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga peshqadamlik qilib turibdi.