Futbolchi terma jamoalar tanaffusi paytida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
18 yoshli xavbek asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo jarohat sabab tanaffusda almashtirildi. Futbolchiga chap oyoqning qattiq shikastlanish tashhisi qo'yilgan.
Kamavinga "Real"ga yozgi transfer oynasi paytida "Renn"dan o'tgan edi. U joriy mavsum madridliklar tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.