"Biz yomon o'ynadik, alohida aytadigan jihat yo'q. Uchrashuvni rejadagidek boshladik, lekin xotirjamlikni saqlay olmadik. Gol o'tkazib yuborilgandan so'ng o'yinimizda juda ko'p chalkashliklar bo'ldi.
Bu "Real"ning eng yomon o'yini edi. Hozir bizda o'ylab olish uchun vaqt bor, bir hafta mobaynida nima sababdan jamoaning o'yini o'zgarganini tahlil qilish kerak.
Biz mag'lub bo'lishga loyiqmiz. Biroz xavotirdamiz, chunki ketma-ket ikkita uchrashuvda mag'lub bo'lishga o'rganmaganmiz", — dedi italiyalik mutaxassis.