MYUning 28 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish istagiga qaramay, Polning o'zi va agenti klubni o'zgartirmoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar berdi.
Mino Rayola keyingi mavsum Pogba oxirgi katta shartnomaga ega bo'lishi mumkinligini tushunib turibdi. Va bu katta kelishuv agentga yaxshigina komissiya puli keltiradi. Francuz futbolchisiga LaLigaga o'tish qiziqroq.
Rayola "Real" va "Barselona" o'rtasida aukcion uyushtirmoqchi. Bundan maqsad esa o'ziga kattaroq miqdorda pul undirish.
Hozir "Real" Pogba uchun kurashda favorit sifatida qaralmoqda, lekin Rayola o'yinchini "Barsa"da ko'rmoqchi bo'layotgan Laporta ("Barselona" prezidenti) bilan ham gaplashishda davom etyapti.
Malumot uchun, Pogba joriy mavsum APLning 6 o'yinida 7ta golli pas berdi.