Avvalroq ommaviy axborot vositalarida qishda Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandni sotib olishlari istagan klub futbolchining o'zi bilan kelishishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Lekin, aslida bu band norvegiyalikning shartnomasida ko'rsatilmagan, deb xabar beradi AS. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi va klub o'rtasida 2022 yilning yozida «asalarilar» futbolchini o'zi tanlagan klubga qo'yib yuborishi haqida og'zaki kelishuv mavjud.
Shunday qilib, Erling Holand agar klub og'zaki kelishuvni buzishni xohlasa, shartnoma oxirigacha dortmundliklar lagerida qolishi va shundan keyingina norvegiyalik klubni tark etishi mumkin. Manbaning ta'kidlashicha, futbolchi katta ehtimol bilan «Real»ga o'tishi mumkin.