El Nacional nashrining xabar berishicha, «Real» rahbariyati Edinson Kavanining transferini ko'rib chiqmoqda. Manbaga ko'ra, urugvaylik futbolchi yanvar oyida Madridga ko'chib o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» Krishtianu Ronalduni sotib olgandan so'ng, Kavani avvalgidan kamroq o'yin amaliyotini olishni boshladi.
Edinsonga «qaymoqranglilar»dan tashqari, hujumda katta muammolarni boshidan kechirayotgan «Barselona» ham qiziqish bildirganligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Kavanining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha tuzilgan. Joriy mavsumda forvard 2 ta uchrashuv o'tkazgan.