O'tgan mavsumda maosh miqdori bo'yicha 2-o'rinni egallagan "Barselona" hozirda bu ko'rsatkich bo'yicha 7-o'rinda bormoqda.
Ro'yxatdagi dastlabki ettilik quyidagicha:
1. "Real" (2020/21 yilgi mavsumda 473 mln evro, 2021/22 yilgi mavsumda esa 739 mln evro maosh);
2. "Sevilya" (2020/21 – 183 mln evro, 2021/22 – 200 mln evro);
3. "Atletiko" (2020/21 – 217 mln evro, 2021/22 – 171 mln evro);
4. "Vilyarreal" (2020/21 – 140 mln evro, 2021/22 – 159 mln evro);
5. "Real Sosedad" (2020/21 – 95 mln evro, 2021/22 – 127 mln evro);
6. "Atletik" (2020/21 – 110 mln evro, 2021/22 – 111 mln evro);
7. "Barselona" (2020/21 – 347 mln evro, 2021/22 – 97 mln evro).
"Barselona" maoshlar uchun sarflay oladigan pul "Real"dan 642 million evroga, "Atletiko"dan esa 74 mlnga kam.
Eslatib o'tamiz, ish haqi miqdorining so'nggi nuqtasi bir nechta omillarga asosan tatbiq etiladi. Birinchidan, La Liga klublarning daromadi, xarajatlari, ko'rgan zararlari va qarzlarini inobatga oladi. Ikkinchidan, klub tuzilmasidagi jamoalar soni ko'rib chiqiladi: ayollar futboli, futzal, basketbol va hokazo.