Ispaniyaning Marca nashri Braziliyalik futbolchilar Felippe Koutinyo va Neymar haqida qiziqarli xabar chiqardi. Unga ko'ra ikkala futbolchi ham 2008-yilda Neymar ("Santos"da) Koutinyo ("Vasko da Gama"da) yurgan payti orzusidagi jamoa deb "Real Madrid"ni aytib o'tishgan.
"Mening orzuyimdagi jamoa? "Real Madrid" - dunyoning eng kuchli klubi." - deya javob beradi Koutinyo. Xuddi shu tariqa Neymar ham o'z javobini jurnalistga bildirgan edi.
2011/12-yillarda Neymar "Real Madrid"ga o'tishiga bir baxya qolgan edi, biroq yakunda uning oilasi va "Real" kelishila olishmagan va natijada futbolchi "Barselona" klubiga o'tib ketgan edi. Koutinyo esa dastlab "Inter"da faoliyatini boshladi, so'ngra "Espanyol"da bir mavsum harakat qilib, "Liverpul" safiga kelib qo'shildi. Hozirgi kunda 25 yoshli futbolchi "Barselona"da to'p surish istagini bildirmoqda va buni klub rahbarlariga ham ma'lum etgan.