Ispaniya La Ligasi 2021/22 yilgi mavsumda klublar uchun maosh chegaralarini e'lon qildi.
O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda, «Barselona»da oylik maoshi 347 million evrodan 97 million evroga tushdi. Bu turnirda ishtirok etayotgan klublar orasidagi ettinchi ko'rsatkich.
Ro'yxatning birinchi pog'onasidan «Real» joy olgan. Bu mavsumda Madrid klubi futbolchilar uchun maosh sifatida 739 millionni to'laydi, bu o'tgan mavsumdagi 473 million evrodan deyarli ikki baravar ko'p hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda Madrid klubidan ancha ortda qolgan «Sevilya» (200 mln evro) joy olgan.
Shunday qilib, «Real Madrid» futbolchilar va murabbiylarning oylik maoshiga «Barselona»dan ko'ra 642 million evro ko'proq sarflashi mumkin.
«Atletiko» eng yuqori oylik maoshi bo'yicha uchinchi o'rinda - 171 million. «Valensiya» eng yomon budjetga ega klub bo'lib, oxirgi o'rinni egalladi (31 million).