Rossiya nashrlarining qayd etishicha, "Sherif"ning bir yillik byudjeti 5-8 million evroni tashkil qiladi. Bu taxminan "Paxtakor" byudjetidan sal ko'proq.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida g'olib chiqqan "Sherif" bir yillik byudjeti miqdorida mablag' ishlab bo'ldi. "Shaxtyor" va "Real"dan 3 ochkodan olgan jamoa umumiy 5,6 million evroni naqd qilib qo'ydi. UEFA klub guruh bosqichiga chiqqani uchun 15,7 million evro bergandi. Ilk bor shunga erishgani uchun "Sherif" qo'shimcha 1,2 million evrolik ham bo'ladi.
Demak, "Sherif" ixtiyorida hozirgacha 22 million evro bor. Bu esa klubning taxminan 4 yillik byudjetiga teng bo'ladi.
Mabodo, tiraspolliklar nimchorak final bosqichiga chiqqudek bo'lishsa, o'z byudjetlarini yana 9,6 million evroga boyitib olishadi.