Biroq "Santyago Bernabeu" maydonida "SHerif" madridliklarni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi muxlis yaxshigina pul sarflashiga to'g'ri keladi — u oilasini dam olish uchun Misrga olib borishga vada bergan.
"O'yindan oldin xotinimga vada berdim: agar "SHerif" bugun yutqazmasa, butun oilamni dam olish uchun Misrga olib ketaman. Mana oqibati!" — deydi muxlis.
Eslatib o'tamiz, Yuriy Vernidub boshchiligidagi jamoa olti ochko to'plagan holda guruhda peshqadam bo'lib turibdi.
"SHerif" ECHL guruh bosqichida o'ynagan ilk Moldova klubi bo'ldi. Tiraspolliklar turnirning to'rtta saralash bosqichidan o'tgan. Ular Albaniyaning "Teuta", Armanistonning "Alashkert", Serbiyaning "Crvena Zvezda" va Xorvatiyaning "Dinamo"sini mag'lub etgan.