Britaniyaning Daily Star nashri xabariga ko'ra, «Arsenal» «Real» hujumchisi Marko Asensioga qiziqishni davom ettirmoqda. O'tgan yozda London klubi futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rdi, ammo «kanonirlar»ning taklifi Madrid klubi tomonidan rad etildi.
Ta'kidlanishicha, «Arsenal» yanvar oyidagi transfer oynasi ochilganda yana Asensio bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.