«Real Madrid» himoyaning o'ng qanotini kuchaytirish niyatida. «Qaymoqranglilar» «Tottenxem»ning sobiq himoyachisi Serj Oreni nishonga olmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ayni paytda futbolchi erkin agent hisoblanadi. Ore «Tottenxem» bilan shartnomasini uzaytirmadi va boshqa klub bilan shartnoma imzolashga ulgurmadi.
Avvalroq, Orega «Spartak M», «Betis», «Uotford» va «Jenoa» klublari qiziqish bildirgandi.