Kecha, ya'ni 28 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda «Real» sensatsion tarzda Tiraspolning «Sherif» klubiga yutqazib qo'ydi (1:2).
«Sherif»ning o'zbekistonlik futbolchisi Jasurbek Yaxshiboev uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. O'yindan keyin Jasur qisqa intervyu berdi va o'z taassurotlari bilan bo'lishdi.
«O'sha paytda o'zimni qanday his qildim? Bolaligimdan «Real»ga qarshi o'ynashni orzu qilardim. Men gol urishni xohlardim, lekin buni amalga oshirishimni xayolimga ham keltirmaganman», - deydi Yaxshiboev.
Eslatib o'tamiz, kechagi g'alabadan keyin Moldova klubi o'z guruhida 6 ochko bilan etakchiga aylanib oldi.