«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich «Sherif»ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi bahsidan so'ng o'z futbolkasini raqib jamoa bosh murabbiyi Yuriy Vernidubga sovg'a qildi.
Ukrainalik mutaxassisning aytishicha, uning nevarasi «Santyago Bernabeu»dan Modrichning futbolkasini olib kelishni so'ragan.
«Andrey Lunin ("Real" darvozaboni) bilan "Zarya"da birga ishlaganman. Undan Luka bilan gaplashib, futbolkasini olib berishni so'radim», — dedi Vernidub.