"Santyago Bernabeu"da o'tgan bahsda mehmonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Jasur Yaxshiboev 25-daqiqada bosh bilan urgan goli orqali "galaktikos" darvozaboni Tibo Kurtuani ojiz qoldirdi.
"Bolaligimdan "Real"ga qarshi o'ynashni orzu qilganman. Gol urishni xohlagandim, ammo buni amalga oshirishimni tasavvur qila olmasdim", - deydi o'zbekistonlik forvard o'yindan so'ng.
Eslatib o'tamiz, "SHeriff" CHL doirasidagi keyingi o'yinini 19 oktyabr kuni "Inter"ga qarshi safarda o'tkazadi.