«Real Madrid»ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro Madrid jamoasining EChL guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Moldovaning «Sherif» jamoasiga sensatsion mag'lubiyatini izohladi. «Santiago Bernabeu»da o'tgan o'yin 2:1 hisobida tiraspollik mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.
«Bu futbol. Bir jamoa yaxshi o'ynadi va darvoza tomon 20 tadan ortiq zarba berdi, biroq ikkinchisi g'alaba qozondi. Ular darvozaga ikkita zarba berishdi va ikkita gol urishdi. Bu futbolda sodir bo'ladi. Himoyada ko'proq ehtiyot bo'lish kerak. Biz yaxshi o'ynadik, lekin ularning darvozaboni ko'plab seyvlarni amalga oshirdi.
Menimcha, raqibni tabriklash kerak. Biz to'liq ustunlik qildik va ko'proq gol urishimiz kerak edi. Agar o'z vaziyatlaringizdan foydalanmasangiz, oxir-oqibat buning uchun tovon to'laysiz »,- deya «Real Madrid» rasmiy sayti Kazemironing so'zlarini keltiradi.