Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida «Real» o'z uyida «Sherif»ni qabul qilib, sensatsion tarzda yutqazib qo'ydi.
Uchrashuvdan so'ng moldovaliklar matbuot xizmati instagram orqali o'z logotipini e'lon qilib, unga «Real» ramzidagi tojni "kiydirib" qo'ydi hamda unga «Izohsiz», deya imzo chekdi.
Ushbu g'oya ko'p muxlislarga ma'qul kelgan bo'lsa, ba'zilar «Sherif»ni nokamtarlikda ayblashgan.