«Sherif» Chempionlar Ligasida o'ziga hos natija qayd etdi, deb xabar beradi OptaJose nashri tvitteridagi sahifasida.
Manbaga ko'ra, «Sherif» Chempionlar Ligasi turniri tarixida «Real»ning uy stadionida kechgan birinchi o'yinda g'alaba qozongan to'rtinchi klub bo'ldi. Bungacha buni «Yuventus» 1962 yilda, «Arsenal» 2006 yilda, «Liverpul» 2009 yilda «Santyago Bernabeu»dagi debyut uchrashuvidayoq, «qaymoqranglilar»ni mag'lub eta olgan.
EChLning yangi mavsum guruh bosqichida debyut qilgan «Sherif» «Shaxtyor» (2:0) va «Real»ni (2:1) mag'lub etdi.
«Sherif» hisobida 6 ochko bor, jamoa o'z guruhidagi turnir jadvalida birinchi o'rinda. «Real Madrid» (3) ikkinchi o'rinda bo'lsa, «Inter» va «Shaxtyor» 1 ochko bilan keyingi o'rinlardan o'rin olgan.