Ispaniyaning “Marsa” nashri Filippe Koutino va Neymarning 2008 yildagi intervyusini chop etdi. Unga ko'ra, Koutino qaysi klubga o'tishni istashi haqidagi savolga shunday javob qaytargandi: “Real”. U dunyoning eng kuchli klubi”. Neymar ham xuddi shunday javob bergandi. Ikkala futbolchi ham Ispaniyada o'ynashni istashlarini ta'kidlashgandi.
Koutino 2008 yilda “Vasko da Gama” a'zosi edi. Neymar esa “Santos”da o'ynardi.