Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "Real Madrid" – "SHerif" 0:1 (Matnli translyaciya)

ECHL ikkinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "SHerif" uchrashuvi boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

25-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! JASURBEK YAXSHIBOEV "Santyago Bernabeu"da gol urdi! 

24-daqiqa. Javob hujumida 

23-daqiqa. "SHerif" o'ng qanot futbolchisi oldinga o'tdi va to'pga ham etgandi, lekin Migel Guterresga to'qnashib reklama shitiga borib urilganiga qaramay, hakamlar qoida buzilmadi deb topishdi.   

22-daqiqa. Mehmonlar o'zlariga kela boshlayotgandek. 

20-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi! Uchrashuvdagi birinchi offsayd.  

19-daqiqa. "Real" bosimni davom ettirmoqda. 

Karim Benzemaaaa! Francuzning zarbasidan keyin deyarli to'p darvoza to'qqizligiga ketayotgandi, Atanasiadis jamoasini qutqardi.   

16-daqiqa. Eden Azar jarima maydonchasi chizig'i yonginasida yiqitildi. Jarima zarbasi belgilandi.  

14-daqiqa. Alaba to'pni ortiga o'tqizib yubordiku, lekin Jasurni qo'yib yubormadi. 

12-daqiqa. Eden Azar jarima maydonchasiga kiraverishda to'pni oldirib qo'ydi, lekin etiborli jihati u yiqilib tushmadi va kurashni davom ettirib, raqibni maydonga qulatdi. Belgiyalik futbolchi o'ziga o'xshamayapti.   

10-daqiqa. Nazarimizda, "SHerif" ilk bor chinakamiga hujumga o'tdi, ammo chap qanotdan uzatilgan to'pni Kurtua juda osonlik bilan egallab oldi.   

7-daqiqa. O'ng qanotdan Nachoning faolligi sabab xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin Vinisius zarbani paysalga solib yubordi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

Zarbani David Alaba amalga oshirdi va sal qolsa, to'p hech kimga tegmay, darvoza to'riga borib tushishi mumkin edi. 

5-daqiqa. Yana Eduardoning oyog'iga tepishdi va standart vaziyat.   

3-daqiqa. Markazda Kamavingaga nisbatan qoida buzildi. 

Mezbonlar ilk daqiqalardan ustunlikni qo'lga olishga harakat qilishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Bugun nafaqat Jasurbek Yaxshiboev balki Migel Guterres ham ECHLda debyut o'yinini o'tkazadi. SHuningdek, Kamavinga "Real" safida ilk bor ushbu musobaqada maydonga tushdi.    

Futbolchilar maydonga tushishga tayyor.

Stadionga to'plangan muxlislar "Qirollik klubi" madhiyasini jonli ijro etib berishdi.  

Jamoalarning asosiy tarkibi malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "SHerif" 28 sentyabr, 23.59, "Santyago Bernabeu"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Alaba, Militao, Migel Guterres, Kazemiro, Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar, Vinisius Junior.

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos, Till, Addo, Traore, Kastaneda, Jasur Yaxshiboev.

Real Madrid

Champions League Grp. D . 2-tur

29/09/2021, 00:00

1 : 0 1-bo'lim

FC Sheriff

Djasur Yakhshibaev - 25'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Lawrence Visser

45' 90' 18'  Danilo Arboleda25'  Djasur Yakhshibaev25'  Cristiano Match-senterda ochish

BestMaster
29 Sentabr 2021, 00:30
live , echl, real, madrid, sherif, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads