"Real Madrid" – "SHerif" 28 sentyabr, 23.59, "Santyago Bernabeu"
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Alaba, Militao, Migel Guterres, Kazemiro, Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar, Vinisius Junior.
"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos, Till, Addo, Traore, Kastaneda, Jasur Yaxshiboev.
Real Madrid | Champions League Grp. D . 2-tur 29/09/2021, 00:00 1 : 0 1-bo'lim | FC Sheriff Djasur Yakhshibaev - 25' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu
Bosh hakam: Lawrence Visser
45' 90' 18' Danilo Arboleda25' Djasur Yakhshibaev25' Cristiano Match-senterda ochishQiziq jihati shundaki, mehmonlarning boshlang'ich tarkibida birorta ham mahalliy, yani moldovalik o'yinchi yo'q. Jamoa asosini Janubiy Amerika qitasidan bo'lgan futbolchilar tashkil qilgan. Ulardan ikki braziliyalik, ikki kolumbiyalik va bir perulik futbolchi "SHerif" tarkibida o'yinni dastlabki daqiqalardan boshlagan bo'lsa, Evropadan ikki greciyalik va bitta lyuksemburglik o'yinchi jamoa tarkibida maydonga tushdi. SHu bilan birga, Gana, Mali va O'zbekistondan bir futbolchi (Jasur Yaxshiboev) ham "SHerif" safida harakat qilmoqda.
Zaxirada esa, moldovalik 4 ta futbolchi bor. Bular – darvozabonlar Sergey Pashhenko, Dmitriy CHelyadnik, himoyachilar Maksim Kojokaru va Serafim Kojokar. Ular ham o'yin davomida maydonga tushishlari mumkin.
Malumot uchun, tarkibda legionerlarning bu qadar ko'pligiga, Moldova chempionatida xorijlik futbolchilarni tarkibga qo'shib olishdagi cheklovlarning yo'qligi sabab bo'lgan.