Ispaniyaning Marca nashri Filippe Koutino va Neymarning 2008 yildagi intervyusini topdi.
Unda har ikkala futbolchi ham dunyoning eng yaxshi klubi Madridning «Real»i ekani va Ispaniya chempionatida to'p surish niyati borligini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Filippe Koutino 2008 yili «Vasko da Gama» klubida o'ynagan. Ayni paytda u «Liverpul» a'zosi hisoblanadi va «Barselona»ga o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Neymar esa 2008 yilda «Santos»da o'ynab, keyinchalik «Barselona»ga o'tgan edi.