«Manchester Siti»ning ispaniyalik himoyachisi, hozirgi kunda Portugaliyaning «Sporting» klubida ijara asosida o'ynayotgan Pedro Porro La Liganing top klublaridan birining «radariga tushdi». O Jogo nashri xabariga ko'ra, «Real» 22 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.
Transfermarkt portali Porroning bozor qiymati 20 million evroga baholamoqda. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Ta'kidlash joizki, himoyachini sotib olishga asosiy huquq «Sporting»ga tegishli.
Elatib o'tamiz, Pedro Portugaliya chempionatining yangi mavsumida oltita o'yin o'tkazib, penaltidan ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.