Britaniyaning DailyStar nashri xabariga ko'ra "Manchester Yunayted" transfer oynasining so'nggi kunlarida Garet Beyl transferini amalga oshirmoqchi.
Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bir necha oydan beri uelslik futbolchini o'z jamoasiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Beyl ham "Real"dan keyingi faoliyatida "MYU" yagona ideal jamoa ekanligini his etib turubdi. Biroq, madridliklar Beylni qo'yib yubormoqchi emas. Agarda Beyl ketadigan bo'lsa, oz fursatda jamoa uning o'rniga futbolchi sotib ololmasligidan xavotirda.
Ispaniyaning Diario Gol nashri xabar berishicha, jamoa sardori Serhio Ramos Garet Beylni ushbu yozda jamoadan ketishi kerakligini ta'kidlagan.