UEFA Superliga g'oyasi asoschilari — «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublariga nisbatan ochilgan ishni yopishga qaror qildi.
Tartib-intizom qo'mitasi may oyida ularga nisbatan ish ochgandi. Ular Evropa supeligasi musobaqasini tashkil etishga urinib, UEFA me'yoriy hujjatlarini buzganlikda ayblanayotgan edilar.
Apellyatsiya qo'mitasi klublarga nisbatan ochilgan ushbu ishni noqonuniy deb topdi. Shu bilan birgalikda, UEFA keyinchalik ushbu masalaga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.
Avvalroq Madrid sudi UEFA Superliga ishtirokchilarini o'z tasarrufidagi musobaqalardan chetlatish huquqiga ega emasligi haqida qaror qabul qilgandi. Shuningdek, sud bu ishga aloqador klublarga nisbatan barcha jazo choralarini bekor qilishni talab qilgandi.