Hujumchi Braim Dias «Real»dan ijara asosida «Milan»ga o'tishi haqida gapirdi.
«Men qaytishga majbur bo'ldim, chunki «Milan» - buyuk jamoa, men darhol jamoaning, klubning va muxlislarning mehrini his qildim. O'tgan yili men bu jamoada ajoyib o'yin namoyish etdim deya ayta olaman, qaytganimdan juda xursandman.
Kelajak? Men bu haqda o'ylamayman. Men hozirgi zamonda yashayman va kelgusi rejalar to'g'risida bosh qotirish kerak. Men «Milan»ga yordam berishni davom ettirmoqchiman», — deydi Dias.