"Ronaldu "Real"da o'ynashni orzu qildi. Bunga qarshi bo'lmadim. Madeyralik yigit bizga hali 18 yoshga kirmasidanoq qo'shilgan va ajoyib olti yilni o'tkazgan edi.
Bu davr biz uchun ajoyib o'tdi va menda uni almashtirish imkoniyati bo'ldi. Biz Antonio Valensiyani oldik, u ajoyib edi, shunday ekan bu borada omadimiz keldi.
Men Krishtianu shunchalik yaxshi bo'lishini bilardim. So'zsiz buni tushungan edim. "Real" yildan-yilga jahon darajasidagi o'yinchilar paydo bo'ladigan yagona klub. Bu jamoa muntazam ravishda CHempionlar Ligasini yutgan, 13 bor yoki shu atrofda.
Biz ularga hurmat ko'rsatishimiz kerak - bu har qanday futbolchi o'tishni orzu qiladigan klub", - deydi Fergyuson.