Kecha Ispaniya chempionati 7-turida "Real Madrid" "Vilyarreal" bilan o'yinda murosa ko'chasini tanladi (0:0).
O'chrashuv davomida belgiyalik posbon Tibo Kurtua Primeradagi 217-uchrashuvida harakat qildi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda o'zining chempionatdagi 100-quruq o'yinini o'tkazdi. Tibo bu natijani qayd etgan XXI asrdagi beshinchi darvozabon bo'ldi.
Faqat "Atletiko" posboni Yan Oblak bu natijani Kurtuadan avval qayd etgan. Sloveniyalik 100 quruq o'chrashuv uchun 182 ta o'yin kerak bo'lgandi.