Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
YANGILASH
12-daqiqa. "Real" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirib berdi.
11-daqiqa. Kurtua oxirgi himoyachi vazifasini alo darajada bajarib berdi.
9-daqiqa. Mehmonlar biroz o'yin tempini tushirish niyatida to'pni o'zlarida, himoyachilar orqali ushlab turishibdi.
7-daqiqa. "Vilyarreal" ijrosidagi qarshi hujum markazga yaqin hududda uzilib qoldi.
6-daqiqa. Modrichning zarbasidan keyin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.
4-daqiqa. "Real"ning o'ng qanot orqali uyushtirmoqchi bo'lgan hujumini Pau Torres uzib qo'ydi, u to'pga Asensiodan avval etib bordi.
3-daqiqa. Valverde to'p oshirishdagi xatosidan keyin raqib keskin hujum uyushtirishi mumkin edi, ammo Kazemiro vaqtida kerakli joyda paydo bo'ldi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.
Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Stadion uzra "Real" madhiyasi yangramoqda.
Jamoalarning ushbu o'yinga tanlagan tarkibi bilan tanishing.
"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich, Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo.
"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Kapu, Koklen, Parexo, Pino, Pako Alkaser, Dandjuma.