«Arsenal»ning «Real» hujumchisi Marko Asensio uchun yuborgan 34 million funtlik taklifi madridliklar tomonidan rad etilgan. «Mirror» nashri xabariga ko'ra, London giganti 25 yoshli ispaniyalik uchun bu yozda taklif bilan chiqqan.
Bu taklif tezda rad etilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu miqdor Asensio uchun arzondek ko'rilgan. «Tottenxem» va «Milan» hujumchi uchun jiddiy da'vogarlar sanaladi. Ular keyingi yozda futbolchi uchun harakat qilishi aytilgan.
Marko Asensio bu haftada o'tkazilgan «Malyorka»ga qarshi bahsda yangi mavsumda ilk marta maydonga tushdi va xet-trik muallifiga aylandi.