"Defensa Central" xabariga ko'ra, "Real" qishdayoq Xoland borasidagi muzokaralarni qayta boshlaydi va ular futbolchining yozda jamoaga o'tishi uchun kelishuv amalga oshirishga harakat qiladi. Bu yo'lda klub uning agenti Mino Rayolaga katta bonus puli taklif qilishi kutilmoqda.
O'tgan yozda "Real" norvegiyalik forvard bilan shartnoma borasida kelishib olgandi. Ammo dortmundliklar uning ketishini istamadi.