Frantsiya terma jamoasining sobiq ustozi Raymon Domenek EChL finalidan o'rin olgan «Real» - «Yuventus» o'yini haqida gapirdi.
«Menimcha «Real» - final favoriti. Uning o'yinchilari kuchliroq, bundan tashqari klub musobaqaning amaldagi g'olibi. «Yuventus» ham chayir jamoa, ammo «Real» uning qarshiligini sindirib, g'alaba qozonishga qodir.
Zidan buyuk futbolchi edi. Maydonda kamgap bo'lsa ham, haqiqiy etakchi edi. Uning gaplarini jamoadoshlari so'zsiz bajargan. Endi u bosh murabbiy bo'ldi. U «Real» va uning futbolchilarini juda yaxshi biladi. Zidan bu ish uchun tug'ilgan» - dedi Domenek Football Italia xabarida.