"Real" rahbariyati yarim himoyachi Takefusi Kubosha yangi shartnoma tayyorlamoqda, deya xabar tarqatdi Cadena Ser.
20 yoshli futbolchi avgust oyida "Malorka"ga ijaraga berilgan bo'lib, uning o'yini "Qirollik klubi"ni qanoatlantirmoqda. U yangi jamoasi safida 6ta bahsda ishtirok etdi.
Kuboning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyun sanasiga qadar tuzilgan.