"Qaymoqranglilar" italiyalik bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi, sababi uning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yilda yakuniga etadi.
"Roma" Pellegrini bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Oldinroq, bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachining klubda qolishini malum qilgandi, ammo "Real"ning qiziqishi futbolchining qarorini o'zgartirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Pellegrini "Roma"ga 2017 yilda "Sassuolo"dan 10 mln evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.