Chempionlar Ligasining eng ko'p yutgan «Real» haqida bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etamiz.
UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 2
Qanday etib kelishdi: Ispaniya chempionatida 2-o'rin
O'tgan mavsum: yarim final (mag'lubiyat, umumiy 1:3 «Chelsi»)
Evrokuboklardagi eng yaxshi natija: g'olib (1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/2000, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18)
Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti
2014 yilda Madrid klubiga Chempionlar Ligasidagi 10-sovrinni olib bergan inson qaytdi va klubdagi ikkinchi davrini o'tkazishni boshladi. U ushbu musobaqada (ya'ni Evropa kubogi/Chempionlar Ligasi) uch marotaba g'olib bo'lgan uchta murabbiydan biri hisoblanadi. Shunday ekan, italiyalik mutaxassisning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Asosiy o'yinchi: Tibo Kurtua
2018 yilda «Chelsi»dan «qaymoqranglilar» safiga qo'shilganidan beri yuqori darajada o'yin namoyish etayotgan yulduz, Belgiyaning asosiy darvozaboni madridliklar bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.
Bundan tashqari, Ronaldu ketganidan keyin jamoa to'purariga aylangan Karim Benzemadan ham bu mavsumda yuqori samaradorlik kutilishini, o'zining La Ligadagi dastlabki o'yinlarining o'zida isbotlab bo'ldi.
Yozgi eng katta xaridi: David Alaba
«Bavariya»ning sobiq futbolchisini Evropa o'yinlari ishqibozlari uchun biroz tanishtirishdan boshlasak. Undan PSJga yo'l olgan Serxio Ramosning himoyadagi o'rnini to'ldirishi kutilmoqda. Allaqachon 10 Bundesliga sovrini va ikki marta Chempionlar Ligasi sohibi bo'lgan ko'p funsktsiyali Alabaning mavqei bor albatta.
Bundan tashqari, Frantsiya chempioni bo'lgan Eduardo Kamavinga «Lill» safidan «Real»ga kelib qo'shilganidan xabardorsiz.
O'yinini ko'rish kerak: Vinisius Junior
Braziliyalik forvardning Madridda borgan sari obro'si oshib bormoqda. Futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy olishi bilan birga, o'zining yorqin o'yinlari orqali barqarorlikni ham oshirib olayyotganini ko'rmoqdamiz. Uning o'tgan mavsum EChL chorak final dastlabki uchrashuvda «Liverpul» darvozasiga yo'llagan ikki to'pi qanday darajada ekanligini namoyish etgandi.
Bilasizmi?
«Real» Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida hech qachon qolib ketmagan va har safar pley-offga yo'l olishni uddalagan.
Joriy mavsum Madrid klubi bilan bir guruhdan «Inter», «Shaxtyor» va «Sheriff» (Moldova) jamoalari joy olishgan. Birinchi turda «Inter»ga safar qilib 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan Florentino Peres jamoasi kelayotgan haftada Jasur Yaxshiboev to'p surayotgan va «Shaxtyor»ni ilk turda mag'lub eta olgan (2:0) «Sheriff»ni qabul qiladi. Bahs 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi ko'zda tutilgan.