20 yoshli yaponiyalik futbolchi hozirda ijara asosida "Malorka"da o'ynamoqda.
Madrid klubi o'yinchining joriy mavsumdagi o'yinlaridan qoniqmoqda, shu sabab yangi shartnomani ko'rib chiqmoqda.
Kubo o'tgan mavsum "Vilyarreal" va "Xetafe"da ijarada o'ynadi. Futbolchi 37ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Yaponning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.