Xabarga ko'ra, bugun germaniyalik yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri birinchi marta umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Qayd etilishicha, u mashg'ulotlarning faqat bir qismini jamoa bilan birga olib borgan, qolgan vaqtini alohida shug'ullanish bilan o'tkazgan.
Manbaning xabar berishicha, Karvaxal, Mendi, Beyl, Sebalos va Marselo mashg'ulotlarni sport zalida alohida davom ettirmoqda.