«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasining 6-turidan o'rin olgan «Malorka»ga qarshi o'yinda (6:1) ikkita gol muallifiga aylandi.
Frantsiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining dastlabki 6 turida "gol+pas" tizimi bo'yicha 15 (8+7) ochko jamg'ardi. Ushbu ko'rsatkich Evropaning top-5 chempionatlarida XXI asrda qayd etilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.