«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarimhimoyachisi Garet Beylni qo'lga kiritmoqchi.
Daily Star xabariga ko'ra, «MYu» rahbariyati futbolchining transferi uchun 93 mln funt taklif qilgan. Endi «Real» bu taklifga transfer darchasi yopilgunga qadar, ya'ni 48 soat ichida javob berishi kerak.
Avvalroq, Beyl faqat «Yunayted» tufayli «Real»ni tark etishi mumkinligini aytgan edi.